Rossiya Ukraina bo‘ylab rekord daraja ko‘p dron uchirdi
Olam
−
25 noyabr 2023
13925Bugun, 25 noyabrga o‘tar kechasi rossiyalik harbiylar Ukraina bo‘ylab rekord darajadagi uchuvchisiz samolyotlarni uchirdi – 75 dona. Ulardan 71 tasi urib tushirildi. Bu haqda Ukraina harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Nikolay Oleshuk ma’lum qildi.
Uning aytishicha, hujumning asosiy yo‘nalishi Kiyev bo‘lgan. Nishonlarning 40 foizga yaqini Ukraina Qurolli kuchlarining mobil o‘t o‘chirish guruhlari tomonidan yo‘q qilingan. Qolgan dronlar havo hujumidan mudofaa raketalari bilan urib tushirilgan.
Ukraina Qurolli Kuchlari harbiy-havo kuchlarining xabar berishicha, havo hujumidan mudofaa tizimi Ukrainaning kamida olti viloyatida: Kiyev, Sumi, Dnepropetrovsk, Zaporoje, Nikolayev, Kirovograd viloyatlarida ishlagan.
Shuningdek, Dnepropetrovsk viloyatida boshqariladigan samolyot raketasi X-59 yo‘q qilingan.
Ukraina Qurolli kuchlari Birlashgan kuchlari qo‘mondoni Sergey Nayevning ma’lum qilishicha, Shimoliy operativ zonada Ukraina mudofaa kuchlari 55 ta “dushmanning shahid tipidagi hujumchi uchuvchisiz uchoqlarini” yo‘q qilgan.
Ulardan 28 ta dron og‘ir pulemyotlar, MANPADS va zenit qurollari bilan jihozlangan mobil havo hujumidan mudofaa o‘t o‘chirish guruhlari tomonidan nishonga olingan.
Sumi yo‘nalishida yettita dron, Chernigov yo‘nalishida to‘rtta va Kiyev yo‘nalishida 17 ta uchuvchisiz samolyot urib tushirilgan.
Shu bilan birga, Kiyev harbiy ma’muriyati bugungi reyd jangovar harakatlar boshlanganidan beri eng ommaviy reyd bo‘lganini, shahar uzra 50 ta dron urib tushirilganini bildirgan. Ukraina Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, Kiyev markazida hujum oqibatida 77 ta turarjoy binosi va 120 ta muassasa elektr ta’minotisiz qolgan.
LiveBarchasi