Tuman sabab Turkiya va Misrdan uchgan samolyotlar Toshkentga qo‘na olmadi
Jamiyat
−
16 mart 2022
5455Bugun, 16 mart kuni ertalab qalin tuman sabab samolyotlar Toshkent aeroportiga qo‘na olmay va uchib keta olmay qolgan. Ko‘rinishning yomonligi sababli bir qancha ichki va xalqaro reyslar kechiktirilgan va boshqa aeroportlarga ko‘chirilgan. Bu haqda “Uzbekistan Airports” AJ ma’lum qildi.
Toshkent aeroportida zich tuman tufayli - ko‘rish masofasi 150 metrga yaqin - “Turkish Airlines”ning Istanbul-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilgan, bortida 259 nafar yo‘lovchi bo‘lgan THY-368 reysi belgilangan aeroportga qo‘na olmagan va soat 08:45 da Bishkekdagi (Qirg‘iziston) muqobil aerodromga jo‘nab ketgan.
“Air Cairo” aviakompaniyasining Sharm-al-Shayx – Toshkent yo‘nalishida uchgan MSC-771 reysi ko‘rish imkoniyati yomonligi (200 metr) tufayli Navoiydagi muqobil aerodromiga jo‘nab ketgan. Bortida 172 yo‘lovchi bo‘lgan samolyot soat 09:35 da Navoiy aeroportiga qo‘ngan.
Toshkent vaqti bilan soat 10:14 da Toshkent aeroportidagi cheklovlar bekor qilingan. Bu soatga kelib ko‘rish darajasi 2000 metrgacha oshgan. “Turkish Airlines”ning THY-368 reysi Toshkentga soat 11:47da qo‘ngan, “Air Cairo” samolyoti esa mahalliy vaqt bilan soat 12:07 da poytaxt aeroportiga qo‘ngan.
LiveBarchasi