To‘lqin Qilichev mashg‘ulotga kech qolgan Jalolovni jazoladi (video)
Sport
−
05 fevral 2023
41178Avval xabar berganimizdek, boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Toshkent mezbonlik qiladigan Jahon chempionati bahslariga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rmoqda. Terma jamoa bosh murabbiyi To‘lqin Qilichev sportchilarning tayyorgarlik jarayonlariga qattiqqo‘llik bilan yondashib, bokschilarning tartib-intizomiga, mashg‘ulotlarga o‘z vaqtida qatnashishiga ham jiddiy e’tibor bermoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Bahodir Jalolov mashg‘ulotga kech qolgani uchun 30 marta “otjimaniya” qilgani aks etgan video tarqaldi.
Ma’lumot uchun, To‘lqin Qilichev boks professori hisoblanadi. Qilichev Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov, Elnur Abduraimov, Qudratillo Abduqahhorov, Sanjar Tursunov kabi ko‘plab o‘zbek boksi yulduzlarining ustozi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yanvar kuni To‘lqin Qilichevning yana bir shogirdi, professional bokschi Isroil Madridimov QALAMPIR.UZ' ga bergan intervyusida ustozi haqida o‘z fikrlarini bildirgandi.
LiveBarchasi