Tuxel nima uchun bo‘shatilgani ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Yevropa Chempionlar ligasining 1-turida “Dinamo” Zagrebga mag‘lub bo‘lgani uchun iste’foga chiqarilmadi. Bu haqda  “The Telegraph” nashri xabar berdi.

Murabbiyning iste’fosi haqidagi xabar bugun, 7 sentyabr kuni e’lon qilindi. Yangi murabbiy tayinlangunga qadar “aristokratlar”ni Entoni Berri boshqarib turishi mumkin.

Qayd etilishicha, Tuxelning ishdan olinishi“Chelsi”ning mavsum boshida qayd etgan qoniqarsiz natijalari bilan bog‘liq emas. Chempionlar ligasida Zagrebning "Dinamo"sidan uchralgan mag‘lubiyat ham Tomasni iste’foga chiqarish qarorida hal qiluvchi omil bo‘lmagan. Gap shundaki, “Dinamo” bilan o‘yingacha ham Tuxelning kelajagi so‘roq ostida bo‘lgan.

"Chelsi"ning yangi xo‘jayinlari Tuxelning uzoq muddatli loyihani qurishga mos kelishiga anchadan beri shubha qilgan. London klubi boshliqlarida Tomasning ishga munosabati haqida savollar bo‘lgan.

Shuningdek, ayrim futbolchilarning murabbiyga nisbatan ishonchi yo‘qolgani aytilmoqda. Ba’zi manbalar “Chelsi” bazasidagi muhitni yomon deya ta’riflagan.

Endilikda “Chelsi” egalari uzoq muddatli loyihaga kirishga va uni qurishga tayyor bo‘lgan murabbiy topmoqchi.

Germaniyalik murabbiy o‘rniga “Chelsi” bosh murabbiyligiga nomzod sifatida Zinedin Zidan, Maurisio Pochettino va Grem Potter kabilar tilga olinmoqda.

Ma’lumot uchun, Tuxel “aristokratlar” bilan 2020-21 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi va Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati sovrinini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

Tomas Tuxel' “Chelsi”

Baholaganlar

516

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing