Tuxel Neymar va Mbappening ketishi mumkinligini tasdiqladi

Sport

image

PSJ bosh murabbiyi, germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel jamoa hujumchilari Kilian Mbappe va Neymarning jamoadan ketishi mumkinligi haqida gapirdi.

“Mbappe har doim o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ygan va shu boisdan u shunday darajalarga yetib keldi. Har bir futbolchi o‘z orzulariga yetishishi uchun o‘zi javobgar bo‘lishi kerak, xalqdan buni kutish esa noo‘rin. Kilian barcha turnirlarda ko‘proq gollar urishni istaydi. Bizga esa aynan shunday futbolchilar kerak.

Albatta, u va Neymarning jamoada qolishini istayman. Biroq ketsa ham biz ularning o‘rnini bosadigan boshqa futbolchilar topa olamiz”, deb aytib o‘tgan parijliklar ustozi Tuxel.

Ma’lumot uchun, Neymar va Mbappe PSJ safiga 2017 yilning yozida kelib qo‘shilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Neymar PSJ Mbappe

Baholaganlar

37

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing