Tuxel Angliyaning mag‘lubiyatining sabablarini aytdi

Sport

image

Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel Jahon chempionati yarim finalida Argentinaga 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lganiga qaramay, o‘yindan keyin o‘z qarorlaridan afsuslanmasligini aytdi. Bu haqda Tuxel o‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

Argentina yarim finalda Angliyani mag‘lub etib, ketma-ket ikkinchi marta Jahon chempionati finaliga yo‘l oldi.

Tuxelning ta’kidlashicha, uning shogirdlari turnirdagi eng yaxshi o‘yinlaridan birini namoyish etgan.

“O‘yin davomida hech narsadan afsuslanmadim. Jamoa bor kuchini berdi va biz g‘alabaga juda yaqin keldik. Menimcha, 1:0 hisobida g‘alaba qozonishga loyiq edik. Bu bizning eng yaxshi o‘yinlarimizdan biri, ehtimol vaziyatni hisobga olganda eng yaxshisi bo‘ldi. Jamoa yuqori darajada harakat qildi. Afsuski, uchrashuvni yakuniga yetkaza olmadik. Gol urganimizdan keyin juda passiv o‘ynay boshladik va raqibga ko‘plab imkoniyatlar yaratib berdik”,  deydi Tuxel.

Germaniyalik mutaxassis taktik o‘zgarishlariga ham izoh berdi.

“Argentinaliklar deyarli har bir yuqori to‘p uchun kurashda ustun kelishdi va doimiy ravishda uzatmalarni yetkazib berishdi. Shuning uchun himoyadagi bo‘shliqlarni yopish va havodagi kurashlarda yaxshiroq harakat qilish maqsadida besh nafar himoyachiga o‘tdik. Albatta, mas’uliyat murabbiy zimmasida. Agar nimadir noto‘g‘ri ketsa, aybni birinchi navbatda murabbiydan izlashadi”,  deydi u.

Endi Angliya terma jamoasi joriy yilning 18 iyul kuni Mayami shahrida uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyaga qarshi maydonga tushadi. 2026 yilgi Jahon chempionati finalida esa Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro to‘qnash keladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing