To‘qqiz nafar sudya lavozimga qayta tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 10 iyun kuni Sudyalar oliy kengashi qarori bilan 9 nafar sudya lavozimiga qayta tayinlandi. Bu haqda kengash Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun Sudyalar oliy kengashida navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Kengash vakolatiga oid qator masalalar ko‘rib chiqilgan yig‘ilishda ayrim sudyalar vakolati muddati davriga qayta tayinlangan. Xususan:

Dilmurod Abdumalikovich Madaminov – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Pop tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Ibrohim Sultonmuratovich Jabborov – sudyalik vakolati muddati davriga Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chortoq tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Namangan viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Chust tuman sudining sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Oybek Sunnatillayevich Asadov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Jizzax viloyati Jizzax tumanlararo iqtisodiy sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Jamshid Xayriddinovich Botirov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va  shu munosabat bilan Samarqand viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Habibullo Ne’matovich Sarmanov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqoltin tuman sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Botirali Murodovich Diyorov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Navruz Qurbonovich Ashurov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shahrisabz shahar sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Qashqadaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

Umidjon G‘ulomovich Raupov – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Karmana tumanlararo sudining raisi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimidan ozod qilindi.

Behzod Qurbonboyevich Shermatov – sudyalik vakolati muddati davriga Navoiy viloyat sudining fuqarolik ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga qayta tayinlandi va shu munosabat bilan Navoiy viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchquduq tuman sudining raisi lavozimidan ozod qilindi.

 Shuningdek:

Mirg‘ani Adhamovich Mirzoxidov  – sudyalik vakolati muddati davrining besh yil muddatiga Sirdaryo viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Shirin shahar sudining raisi lavozimiga;

Anvar Normuratovich Elmurodov – sudyalik vakolati muddati davriga Qashqadaryo viloyat sudining jinoyat ishlari bo‘yicha sudyasi lavozimiga tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud'ya

Baholaganlar

139

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing