Xorazmda marhum sudga chaqirildimi? Sudyalar oliy kengashi izoh berdi 

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda sudya marhumni uchinchi shaxs sifatida sudga chaqirtirgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Biroq, Sudyalar oliy oliy kengashi Matbuot xizmati bu xabarni rad etdi.

Qayd etilishicha, xorazmlik Komil Matchonov 2018 yilda ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilgan. O‘sha yili sudning tegishli qarori chiqqan. 2022 yilning may oyiga kelib B.Egamberdiyev (2018 yildagi sudda taraf sifatida ishtirok etgan) davlat organiga majburiyat yuklashni so‘rab, sudga murojaat qilgan. Arizaga 2018 yilda o‘zi taraf sifatida ishtirok etgan sud qarori va boshqa hujjatlar ilova qilingan.

Sudya ariza va unga ilova qilgan hujjatlar bilan tanishib, ishni sud majlisida ko‘rishga tayinlagan, vaqti va sanasi haqida taraflarga ma’lum qilgan. Bu paytga kelib (2022 yil, 13 may), Komil Matchonov vafot etgan (marhum 2018 yilning 6 dekabr kuni vafot etgan). 

“Bundan sudya bexabar bo‘lishi mumkinmi? Albatta. Chunki, ishni sud majlisida ko‘rishga tayinlash jarayonida taraflarning nomai a’molidan tortib, qaylarda yurgani-yu nimalar bandligi yoki vafot etgan-etmagani tekshirilmaydi. Hamma-hammasiga sud majlisida aniqlik kiritiladi. Shunday bo‘ldi ham. 2022 yil 18 may kuni  sud ajrimi bilan  marhum Komil Matchonovning o‘g‘li N.Matchonov  huquqiy voris deb topilib, nizo predmetiga nisbatan manfaatdor shaxs sifatida ishga jalb qilingan. Ushbu sud ajrimi  “...sudga ma’lumotnoma keltirib berganiga qaramay sudya marhumni uchinchi shaxs sifatida jalb qilavergani” bekor gap ekanini tasdiqlaydi”, deyiladi Sudyalar oliy kengashi xabarida.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm sud'ya

Baholaganlar

354

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing