To‘qayevning gapini yerda qoldirmagan milliarderlar toshqindan zarar ko‘rgan hududlarni tiklaydi

Olam

image

Qozog‘istonlik milliarderlar mamlakat Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning chaqirig‘iga javoban, suv toshqinidan jabr ko‘rgan hududlarni qayta tiklash uchun mablag‘ ajratdi. Bu haqda "Kazinform" xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bulat Utemuratov Aqto‘be viloyati aholisi uchun 10 milliard tenge (283 mlrd so‘m) ajratishga qaror qilgan. Ushbu mablag‘ uysiz qolgan qozog‘istonliklar uchun uy-joy qurishga sarflanadi. 

Shuningdek, yana bir milliarder Timur Kulibayev ham Atirau viloyatiga yordam berish uchun 30 milliard tenge (851 mlrd so‘m) beradi. Bu pullar ham rekonstruksiya ishlari, infratuzilmani qayta tiklash, shuningdek, suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi. 

Kazakhmys kompaniyalar guruhi, KAZ Minerals, Altynalmas, Karazhyra va RBK Bank toshqinlardan jabr ko‘rgan qozog‘istonliklarga yordam berish uchun qo‘shimcha ravishda 40 milliard tenge (1,1 trln so‘m) ajratgan. Kaspi kompaniyasi hammuassislari Vyacheslav Kim va Mixail Lomtadze Shimoliy Qozog‘iston va Aqmo‘la viloyatlariga 20 milliard tenge (566 mlrd so‘m) o‘tkazishini ma’lum qilgan. 

Ma’lumot uchun, avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev toshqindan jabr ko‘rgan har bir viloyat, tuman va qishloqlarga "Forbes" ro‘yxatiga kiritilgan boy tadbirkorlar biriktirilishini aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing