To‘qayev yangi Bosh vazirni qachon e’lon qilishi aytildi
Olam
−
07 yanvar 2022 9885 1 daqiqa
Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev mamlakatning yangi Bosh vazirini tanishtirishga tayyorlanmoqda. Bu haqda “Xabar” telekanalida e’lon qilindi.
To‘qayev yangi hukumat rahbarini tanishtirishga tayyorligi haqida bugun, 7 yanvar kuni aytilgan. Taxminlarga ko‘ra, yangi Bosh vazir kim bo‘lishi bir necha kundan keyin – 11 yanvar kuni e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 5 yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev hukumat iste’fosini qabul qilgandi. Hozirda Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Alixon Smoilov hukumat rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan. Respublika hukumati a’zolari esa Vazirlar Mahkamasining yangi tarkibi tasdiqlanmaguncha o‘z vazifalarini bajarishda davom etadi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr