To‘qayev va Japarov harbiy sohada hamkorlik qilishga kelishdi

Olam

image

Bugun, 2 mart kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Qozog‘istonga tashrif buyurdi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va Sadir Japarov o‘rtasida tor doirada muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda "Akorda" xabar bergan. 

To‘qayev Qirg‘iziston Prezidenti sifatida Japarovning Qozog‘istonga birinchi davlat tashrifi muhimligini ta’kidlagan. 

"Biz bu qadamni Qozog‘istonga bo‘lgan hurmatning namoyishi deb bilamiz. Sizning tashrifingiz katta ahamiyatga ega. Umid qilamizki, bu ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga sezilarli turtki beradi. Bugun biz hamkorlikning eng dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashamiz. Ishonchim komilki, biz erishgan kelishuvlar xalqlarimiz manfaatlariga xizmat qiladi", degan Qozog‘iston rahbari. 

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, Qozog‘iston Qirg‘izistonni nafaqat ittifoqchi, balki birodar davlat sifatida ham biladi va "ushbu an’anani yuqori baholaydi". 

"Bizning vazifamiz ushbu an’anani davom ettirish, uni mustahkamlashdir. Ishonamanki, bizning bugungi muzokaralarimiz samarali bo‘ladi", degan To‘qayev. 

Uchrashuv davomida Qozog‘iston va Qirg‘iziston rahbarlari ikki tomonlama strategik sheriklikning ko‘plab masalalarini ko‘rib chiqqan. 

Xususan, ular siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, transport-logistika, suv-energetika, madaniy-gumanitar hamkorlikning asosiy jihatlarini, koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarni, shuningdek, Yevroosiyo integratsiyasi va ko‘p tomonlama tuzilmalar orqali o‘zaro aloqalarni muhokama qilgan.

Shuningdek, muzokaralar davomida Qozog‘iston Respublikasi Hukumati va Qirg‘iziston Respublikasi Hukumati o‘rtasida bepul harbiy-texnik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida Shartnoma, Qozog‘iston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Qirg‘iziston Mudofaa vazirligi o‘rtasidagi 2021 yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi va boshqa bir qator bitimlar imzolangan.


Maqola muallifi

Teglar

Japarov To'qaev

Baholaganlar

63

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing