Rahmon Qozog‘istonda. To‘qayev unga Ostona bosh masjidini ko‘rsatdi (foto)

Olam

image

Kecha, 25 avgust kuni Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon Qozog‘istonga ishchi tashrif bilan kelgandi. Bugun, 26 avgust kuni Imomali Rahmon Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan uchrashdi va ular Ostona shahridagi bosh masjidga tashrif buyurdi. Bu haqda Qozog‘iston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, ikki davlat rahbarlari Markaziy Osiyodagi eng yirik masjidni ko‘zdan kechirgan. 

Qozog‘iston Oliy muftiysi Naurizbay hoji Taganuli Qur’ondan suralar o‘qib, ikki davlat mamlakatlari xalqlariga tinchlik, farovonlik tilagan.

Tojikiston rahbari Imomali Rahmon esa namozxonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishgach, bu boradagi ishlar sifatini yuqori baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

masjid Imomali Rahmon Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing