To‘qayev O‘zbekiston bilan ittifoqchilik shartnomasini ratifikatsiya qildi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev kecha, 20 may kuni “Qozog‘iston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi

Hujjat siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport, energetika, madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni kengaytirishni nazarda tutadi. Bundan tashqari, mazkur hujjat ikki davlat parlamentlari, siyosiy partiyalari va jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, To‘qayev “Qozog‘iston Respublikasi hukumati va Rossiya Federatsiyasi hukumati o‘rtasida Rossiya neftini Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali Xitoy Xalq Respublikasiga tashish sohasida hamkorlik to‘g‘risida 2013 yil 24 dekabrdagi bitimga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi bayonnomani ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni ham imzoladi. Bayonnomaga muvofiq, Rossiya Federatsiyasi chegarasi – Qozog‘iston Respublikasi chegarasi yo‘nalishi bo‘yicha magistral quvurlar tizimi orqali yiliga 10 million tonnalik Rossiya neftini uzoq muddatli tashish amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, Qosim-Jomart To‘qayev “Intellektual mulk huquqlarining savdo jihatlari to‘g‘risidagi bitimga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi protokolni ratifikatsiya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Protokol arzon dori vositalariga muhtoj mamlakatlar uchun dori vositalaridan foydalanishni soddalashtirishga qaratilgan.

Protokol Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo mamlakatlarga patentlangan dori vositalariga mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz ularni keyinchalik eksport qilish uchun majburiy litsenziyalar asosida ishlab chiqarish huquqini beradi. Protokol Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo mamlakatlarga patentlangan dori vositalariga mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz ularni keyinchalik eksport qilish uchun majburiy litsenziyalar asosida ishlab chiqarish huquqini beradi.

Ma’lumot uchun, Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Qosim-Jomart To‘qayev 2021 yilning 6 dekabrida Nur-Sulton (hozirgi Ostona) shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiyaga imzo chekkan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston O'zbekiston Qosim-Jomart To'qaev ittifoqchilik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing