To‘qayev Turkiya elchixonasiga borib, hamdardlik qaydini qoldirdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Turkiya Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasiga tashrif buyurib, mamlakat janubi-sharqida yuz bergan kuchli zilzilaning halokatli oqibatlari munosabati bilan qardosh xalqqa hamdardlik va qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Davlat rahbari Qozog‘iston Turkiyaga har tomonlama yordam berishini aytdi.

Prezident hamdardlik kitobiga qayd qoldirdi. 

“Turkiyadagi vayronkor zilzila oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani haqidagi xabar bizni chuqur sarosimada qoldirdi. Qozog‘iston xalqi nomidan va shaxsan o‘z nomimdan butun qardosh turk xalqiga hamdardlik bildiraman”, deb yozadi Davlat rahbari.

To‘qayev zilzila sodir bo‘lgan 6 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anga qo‘ng‘iroq qilib, chuqur hamdardlik bildirgan edi.  

U Qozog‘iston zudlik bilan Turkiyaning jabrlangan hududlariga qidiruv-qutqaruv ishlarida ishtirok etish uchun qutqaruvchilar va shifokorlarni jo‘natayotganini, shuningdek, qardosh mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi.

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing