To‘qayev tug‘ilgan kunini Xitoyda o‘tkazyapti

Olam

image

Bugun, 17 may kuni o‘zining 70 yoshlik yubileyini nishonlayotgan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi bilan bordi. To‘qayevni XXR Raisi Si Szinpin qabul qilib, ikki davlat yetakchilari o‘rtasida muzokara olib borildi. Bu haqda Aqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi

“Qozog‘iston uchun Xitoy Xalq Respublikasi alohida ahamiyatga ega. Bizning hamkorligimiz ajralmas do‘stlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga asoslanadi. Bizning yagona maqsadimiz – ikki tomonlama munosabatlarni faollashtirish. Bizni mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash va hamkorlikni rivojlantirish istagi ham birlashtiradi. Xitoy bilan har tomonlama strategik sheriklikni yanada rivojlantirish biz uchun juda muhim”, deydi To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston Xitoyga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirishdan manfaatdor. Birgina o‘tgan yilning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 780 million dollardan ortiqni tashkil etgan.

Qozog‘iston rahbari respublika Xitoyga dukkakli ekinlar, yuqori sifatli ekologik toza sovutilgan mol go‘shti, qo‘zichoq go‘shti yetkazib berishga tayyorligini bildirgan.

Xitoy rahbari Qozog‘iston Prezidentiga taklifini qabul qilgani uchun minnatdorlik bildirib, uni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklagan.

“Bugun siz Xitoyga davlat tashrifingizni amalga oshiryapsiz, bu ikki tomonlama hamkorligimiz yuksak darajada ekanligini va Xitoy bilan yaqin aloqalaringizni yana bir bor tasdiqlaydi. Xitoy va Qozog‘iston Xitoy-Qozog‘istonning “oltin 30 yilligi”da yangi sahifa ochdi. Mamlakatlarimiz o‘rtasida do‘stlik an’analarini yanada rivojlantirish hamda o‘zaro manfaatli hamkorlikni chuqurlashtirish zarur”, deydi u.

Shuningdek, Qozog‘iston va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash 2022 yilda rekord darajadan 31 milliard dollardan oshgani qayd etildi. Xitoy rahbari 2030 yilga borib ushbu raqamning 40 milliard dollardan oshirilishini maqsad qilib belgilashni taklif qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Xitoy Si Tszin'pin Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing