To‘qayev Trampga boj masalasida javob xati yubordi
Olam
−
10 iyul 10321 1 daqiqa
Bugun, 10 iyul kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev AQSH Prezidenti Donald Trampga Qozog‘iston tovarlari importiga 25 foizlik boj joriy etilishi yuzasidan javob xati yubordi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, To‘qayev Qozog‘iston Amerika Qo‘shma Shtatlarining uzoq yillik savdo va sarmoyaviy hamkori sifatida adolatli, prognoz qilinadigan, o‘zaro manfaatli savdo aloqalarini rivojlantirish tarafdori ekanini ta’kidlagan.
“Qozog‘iston Prezidenti mamlakatimiz savdo masalalarining oqilona yechimini ishlab chiqish maqsadida konstruktiv muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Qosim-Jomart To‘qayev savdo masalasida murosaga kelishiga ishonch bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Donald Tramp 1 avgustdan boshlab 14 ta davlat, jumladan, Qozog‘iston tovarlariga yangi savdo bojlarini joriy etilayotgani haqida ma’lum qilgandi. U bu haqda har bir davlat yetakchilariga, xususan, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevga ham xat yuborib, ogohlantirgan. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakati AQSHga import qiladigan mahsulotlari uchun 25 foizlik boj to‘lashi kerak bo‘ladi.
Live
Barchasi