To‘qayev “Tolibon”ning Markaziy Osiyoga qanday xavfi borligini aytdi

Olam

image

Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga tahdid ekani kundek ravshan, chunki AQSH harbiylari ketganidan keyin u yerda 85 mlrd dollardan ortiq zamonaviy qurollar qolgan. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Sharqiy iqtisodiy forumdagi nutqi davomida Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalib, shunday fikr bildirdi.

“Menimcha, bu ko‘p aziyat chekkan mamlakatdan chiqadigan tahdid va xatarlar aniq. Amerikaliklarning ketishi bilan u yerda juda katta miqdordagi qurol-yarog‘ qoldi. Qochiqinlarning chiqishi xavfi saqlanib qolyapti”, dean To‘qayev.

Davlat rahbari, shuningdek. Qozog‘iston Rossiya va Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlar bilan bu nozik masalalarda yagona yo‘lni tanlaganidan mamnunligini bildirgan.

To‘qayev Qozog‘iston Afg‘onistondagi vaziyatning rivojini va hokimiyatga kelgan toliblarning siyosatini diqqat bilan kuzatib borayotganini qo‘shimcha qilgan.

“Biz so‘z bilan emas, amal bilan hukm qilish kerak degan xulosaga keldik. Biz bu mamlakatda mustahkam tinchlik o‘rnatilishini xohlaymiz”, degan u.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi.

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Hokimiyatni "Tolibon"ga o‘tishini ta’minlash uchun Muvofiqlashtirish kengashi tuzilib, unga Abdulla Abdulla va Hamid Karzay kiritilgandi.

Joriy yilning 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi. "Tolibon" vakili Vohidulla Hoshimiy harakat Afg‘onistonda demokratik davlat qurmasligini ma’lum qildi.

Qayd etish kerakki, hozirda faqatgina Panjsher viloyati toliblar hokimiyatini tan olmayapti. Viloyatda "Tolibon"ga qarshi kuchlar yig‘ilmoqda. Ularga esa mashhur "dala qo‘mondoni" Ahmad Shoh Mas’udning o‘g‘li Ahmad Mas’ud boshchilik qilyapti.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

345

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing