To‘qayev tartibsizliklar bo‘lgan viloyatning rahbarini ishdan bo‘shatdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Jambil viloyati hokimi Asqar Mirzaxmetovni ishdan bo‘shatish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. Bu haqda Hukumat matbuot hizmati bayonot bilan chiqdi.

"Davlat rahbarining qarori bilan Mirzaxmetov Askar Isabekovich arizasiga binoan Jambil viloyati hokimi lavozimidan ozod qilindi", deyiladi Hukumat bayonotida. 

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Bosh vazirining o‘rinbosari Berdibek Saparbayev Jambil viloyati rahbari etib tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Jambil viloyati, Korday tumani, Masanchi qishlog‘ida 7 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 20:00 atrofida ommaviy mushtlashuv bo‘lib o‘tgan edi. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, tartibsizliklarda 70 ga yaqin kishi ishtirok etgan. To‘qnashuv paytida qurol ishlatilgani ham aytilmoqda. 

Avvalroq, ommaviy mushtlashuv natijasida sakkiz kishi halok bo‘lgan, 40 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan edik. Jarohatlanganlar orasida ikki nafar huquq-tartibot idoralari xodimi ham bo‘lgan. Tartibsizliklar vaqtida 30 ga yaqin uy, 15 do‘kon va 23 ta mashina yoqib yuborilgan.  Tartibsizliklar vaqtida 47 kishi hibsga olingan. Qozog‘iston Respublikasi Axborot va jamoat taraqqiyoti vaziri Dauren Abayev ma’lum qilishicha, nizoga maishiy mojaro sabab bo‘lgan

O‘rta Osiyo mintaqasida milliy mojarolar bo‘lib turishi yangilik emas. So‘nggi 30 yil ichida mintaqada o‘nlab milliy nizolar bo‘lib o‘tdi. Xususan, 1989 yil Farg‘ona vodiysida o‘zbeklar va mesxeti turklar o‘rtasida bo‘lgan to‘qnashuvlar, shuningdek, 2010 yilda Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh shahrida bo‘lib o‘tgan o‘zbek-qirgiz mojarolari bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

69

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing