To‘qayev Sport vazirini ishdan bo‘shatdi
Olam
−
31 avgust
8985Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ermek Marjikpayevni Turizm va sport vaziri lavozimidan ozod qildi. Bu haqda mamlakat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
“Davlat rahbarining farmoni bilan Ermek Boranbayevich Marjikpayev Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi matnda.
Kadrlar bo‘yicha qarorning sababi ko‘rsatilmagan.
Marjikpayev 1969 yilda tug‘ilgan. U 2023 yil sentyabridan beri vazir lavozimida ishlab kelayotgandi. Bungacha Oqmola viloyati hokimligi rahbari lavozimida ishlagan.
Avgust oyi oxirida Parijda Olimpiada sovrindorlari bilan uchrashuvda To‘qayev so‘nggi besh yil ichida mamlakatda elita sportiga sarflangan mablag‘ ikki baravar ko‘payganini, ammo adekvat daromad yo‘qligini aytdi. Olimpiadada Qozog‘istonni 80 nafar sportchi himoya qildi. Respublika terma jamoasi bitta oltin, uchta kumush va uchta bronza medalni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 43-o‘rinni egalladi.