To‘qayev Sog‘liqni saqlash vazirini ishdan bo‘shatdi 

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘z farmoni bilan Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyni lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati ma’lum qildi. 

“Davlat rahbarining farmoni bilan Soy Aleksey Vladimirovich Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi”, deyiladi xabarda. 

Lavozimdan bo‘shatilish sabablari ko‘rsatilmagan. 44 yoshli Soy 2020 yil iyunidan buyon Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimida ishlab kelgan, bungacha u Qozog‘iston Prezidenti ma’muriyati tibbiyot markazi rahbari, Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 

Qozog‘iston Prezidentining Matbuot kotibi Berik Uali o‘zining Facebook’dagi sahifasida To‘qayev “sobiq Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyga faol faoliyati, ayniqsa Qozog‘istonda koronavirus pandemiyasining tarqalishiga qarshi kurashda ishtirok etgani uchun minnatdorlik bildirganini” yozgan. 

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati Soy boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazirlik lavozimini o‘z xohishiga ko‘ra tark etganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev Tsoy

Baholaganlar

81

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing