To‘qayev Nazarboyevga yangi lavozim taklif qildi
Olam
−
28 aprel 2021
12171Avvalroq Qozog‘istonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev mamlakat Xalq assambleyasi raisi lavozimidan ketganini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Qozog‘istonning amaldagi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 28 aprel kuni mamlakat Xalq assambleyasi sessiyasida so‘zga chiqib, Elboshi Nazarboyevga yangi lavozim taklif qildi.
“Sizga, aziz Elboshi Nursulton Abishevich, Assambleyaning faxriy raisi bo‘lish haqidagi umumiy taklifimizni qabul qilishingizni so‘rab murojaat qilmoqdaman. Ushbu maqom xalqimiz va davlatimiz oldidagi tarixiy xizmatlaringiz tufayli haqli ravishda sizga tegishli”, deydi Prezident.
Eslatib o‘tamiz, Nazarboyev Qozog‘iston Xalq assambleyasi rahbarligidagi vakolatlarini Prezident To‘qayevga topshirdi.
LiveBarchasi