To‘qayev namoyishchilarni ogohlantirmasdan otishga buyruq berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev xalqqa murojaati chog‘ida terrorchilarni ogohlantirmasdan o‘ldirish uchun o‘t ochishga buyruq berganini aytdi. 

“Qaroqchilar qo‘lidan nafaqat ma’muriy binolar, balki tinch aholining shaxsiy mulki ham jabr ko‘rdi. Men halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiraman”, degan siyosatchi. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda yuzlab odamlar jarohatlangan. To‘qayevning ta’kidlashicha, rasmiylar namoyishchilarning tinch shaklda bildirilgan barcha talablarini eshitgan. Shu bilan birga, hukumat terrorchilar bilan muzokaralar olib borish niyatida emas. 

“Xorijda tomonlarni muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishga chaqiriqlar qilinmoqda. Qanday ahmoqlik, jinoyatchilar va qotillar bilan muzokaralar qanday bo‘lishi mumkin”, deya qo‘shimcha qilgan To‘qayev. 

Ta’kidlanishicha, vaziyat barqarorlashgani sari mamlakat rahbariyati hududlarda favqulodda holat rejimini bosqichma-bosqich olib tashlab, internetni tiklaydi. 

To‘qayevning so‘zlariga ko‘ra, “kim taslim bo‘lmasa, yo‘q qilinadi”. Mamlakat rahbariyatiga ko‘ra, birgina Olma-otaga 20 ming bandit hujum qilgan. 

Qo‘zg‘atuvchilar, Qozog‘iston davlati rahbarining so‘zlariga ko‘ra, “chet ellik shaxslar” bo‘lgan. To‘qayev harbiy yordam so‘rab qilgan murojaatiga “juda tez, eng muhimi, o‘rtoqlik munosabati bilan javob bergan” Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga minnatdorlik bildirgan.

Qozog‘istonning amaldagi davlat rahbari namoyishchilarni terrorchilar deb atamoqda. Shu bois u Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotini yordamga chaqirdi. Biroq bugungacha Qozog‘istondagi namoyishlarni tashqi kuchlar tashkil etgani va ularda xalqaro terrorchilar va xalqaror terrorchilik guruhlariga a’zolar aniqlagani haqida rasmiy ma’lumotlar mavjud emas.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston To'qaev

Baholaganlar

843

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing