To‘qayev Liz Trassni tabrikladi
Olam
−
07 Sentabr 2022
3051Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘zi va xalqi nomidan Liz Trassni Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligining Bosh vaziri etib tayinlangani bilan tabrikladi.
Qozog‘iston rahbari Liz Trass hukumat rahbari bo‘lgan davrda Buyuk Britaniya yanada farovon va barqaror davlatga aylanish yo‘lida izchil harakat qilishiga ishonch bildirgan.
“Qozog‘iston Buyuk Britaniya bilan mustahkam do‘stlik rishtalari, umumiy qadriyatlar va ustuvorliklarga asoslangan uzoq yillik strategik sheriklikni yuksak qadrlaydi. Qozog‘iston-Buyuk Britaniya ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlash va dolzarb global muammolar bo‘yicha yondashuvlarni muvofiqlashtirish maqsadida yaqin hamkorlikka tayyor ekanligimga ishonch bildirishga ijozat etgaysiz”, deyiladi To‘qayev yo‘llagan telegrammada.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi.
47 yoshli Trass nomzodi uchun Konservativ partiyaning 81 326 nafar oddiy a’zosi ovoz berdi. Uning raqibi, 42 yoshli sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak 60 399 nafar ovoz oldi. Liz Trass 6 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri bo‘ldi.
Trass Buyuk Britaniyaning 56-Bosh vaziri (yoki bu lavozimni bir necha marta egallaganlarni hisobga olgan holda 78-hukumat rahbari) va qirolicha Yelizaveta II davridagi 15-Bosh vazirga aylandi. U, shuningdek, Margaret Tetcher (1979 yildan 1990 yilgacha Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan) va Tereza Meydan (2016 yildan 2019 yilgacha) keyin Vazirlar Mahkamasini boshqargan uchinchi ayolga aylanadi.
LiveBarchasi