To‘qayev Konstitutsiyadan nomi o‘chirilgan Nazarboyevning yonini olib chiqdi

Olam

image

Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev vatandoshlarini respublikaning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning tarixiy xizmatlarini unutmaslikka chaqirdi. Bu haqda u Qozog‘iston politsiyasining 30 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

“Biz, qozog‘istonliklar, siyosatchilarimizning mehnatini hurmat qilishimiz kerak. Bu Qozog‘istonning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga ham tegishli. Uning mustaqil yurtimizni barpo etishdagi xizmatlari jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Binobarin, birinchi Prezidentning tarixiy rolini e’zozlash barchamiz uchun umumiy vazifadir. Uning siyosiy merosi kelajak avlodlar tomonidan munosib baholanadi”, deydi To‘qayev.

Shuningdek, Prezident hozirgi avlod yurt uchun sidqidildan mehnat qilishi kerakligini ta’kidlagan. 

“Biz xalq sifatida birinchi navbatda mehnatkash bo‘lishimiz kerak. Siyosiy o‘yinlarga chek qo‘yish kerak”, deydi To‘qayev. 

Ma’lumot o‘rnida, Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonni 1989 yildan 2019 yilgacha boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 iyun kuni Qozog‘iston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tdi.

Qozog‘iston Konstitutsiyasi matnining uchdan bir qismiga tegishli bo‘lgan jami 33 ta o‘zgartirish ovozga qo‘yildi. Asosiy o‘zgartirishlardan biri Konstitutsiyadan respublikaning Birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevga bag‘ishlangan moddaning chiqarib tashlanishidir. Tuzatishlar qabul qilinganligi sababli, u o‘zining ko‘pgina shaxsiy imtiyozlari va Elboshi (millat yetakchisi) maqomini yo‘qotadi, endi uning huquqiy pozitsiyasi sobiq Prezidentlar to‘g‘risidagi amaldagi qoida bilan tartibga solinadi. Nazarboyevning o‘zi Konstitutsiyadan uning nomini olib tashlashni qo‘llab-quvvatlagan.

O‘zgartirishlarda, shuningdek Qozog‘istonning bir Prezidenti ketma-ket ikki martadan ko‘p saylanishi mumkin emasligi, shu bilan birga u o‘z vakolati muddati davomida partiyadan chiqishi kerakligi ham nazarda tutilgan. Bundan tashqari, uning yaqin qarindoshlariga davlat xizmatchisi lavozimlarini egallash taqiqlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

125

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing