To‘qayev KXSHT Bosh kotibiga “boshi yerga tekkuncha” rahmat aytdi

Olam

image

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti tinchlikparvar kuchlarini Qozog‘istondan olib chiqish 13 yanvar kuni boshlanib, 10 kun davom etadi. Bu haqda KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas ma’lum qildi. 

Bugun, 12 yanvar kuni Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev KXSHT Bosh kotibi Stanislav Zas bilan uchrashib, KXSHTning navbatdan tashqari sammiti yakunlaridan mamnunligini bildirgan. Shuningdek, KXSHT bo‘yicha ittifoqchilarga terrorchilik xurujiga qarshi Qozog‘istonni qo‘llab-quvvatlagani va o‘z vaqtida yordam ko‘rsatgani uchun boshi yerga tekkuncha minnatdorlik bildirgan. 

“Bu holat Tashkilotning harbiy-siyosiy tuzilma sifatidagi qadrini yana bir bor tasdiqladi. Menimcha, hozir xalqaro hamjamiyatda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti haqida gapirilmoqda. Tashkilotning samaradorligi bu vaziyatda juda yaqqol namoyon bo‘ldi. Kotibiyatning boshqa xalqaro tashkilotlar rahbariyati bilan o‘zaro aloqalarini yo‘lga qo‘yishi, nazarimda, nihoyatda muhim. Bu juda foydali bo‘ladi. KXSHT Bosh kotibining tinchlikparvar operatsiyalar bo‘yicha maxsus vakili institutining tashkil etilishi ham juda o‘rinli, deb hisoblayman”, deydi Qosim-Jomart To‘qayev. 

KXSHT Bosh kotibi KXSHTning Qozog‘istondagi tinchlikparvar missiyasining borishi, jumladan, Qozog‘iston rahbari tomonidan ko‘rsatilgan muddatlarda tashkilotga a’zo davlatlar kontingentlarining mamlakatdan olib chiqilishi boshlangani haqida ma’lumot bergan.

Stanislav Zas, shuningdek, Qozog‘iston Prezidentining KXSHT Bosh kotibining tinchlikni saqlash masalalari bo‘yicha maxsus vakili institutini tashkil etish bo‘yicha tashabbusini amalga oshirish muhimligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini tasdiqlagan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev KXShT

Baholaganlar

228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing