To‘qayev Qozog‘istonning yangi Konstitutsiyasini tasdiqladi (video)

Olam

image

Bugun, 17 mart kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev “2026 yil 15 martda qabul qilingan Qozog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi. Bu haqda Oqo‘rda xabar berdi.

Qayd etilishicha, davlat rahbari Qozog‘iston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini o‘z imzosi bilan tasdiqlagan hamda uni hayotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli farmonni imzolagan. Prezident matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Oqo‘rdada faxriy qorovul Qozog‘iston Respublikasining yangi Konstitutsiyasini tantanali ravishda olib kirgan va davlat madhiyasi yangragan. 

Tadbirda Bosh vazir Oljas Bektenov, Senat raisi Mavlon Ashimbayev, Majilis raisi Yerlan Koshanov, Davlat maslahatchisi Yerlan Karin, Prezident administratsiyasi rahbari Aybek Dadebay, hukumat a’zolari, markaziy davlat organlari rahbarlari, viloyatlar hamda Ostona, Olmaota va Chimkent shaharlari hokimlari, shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiya hamda Umummilliy koalitsiya a’zolari ishtirok etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonda 86,7 foiz ovoz bilan yangi tahrirdagi Konstitutsiya tasdiqlangandi. Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qilib, yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagandi


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev yangi Konstitutsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing