To‘qayev Qozog‘iston Hukumatini iste’foga chiqardi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasining Bosh vazir Asqar Mamin boshliq Hukumati iste’foga chiqdi. Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev tegishli farmonni imzoladi.

Amaldagi Hukumat yangi tarkib tasdiqlanguncha vazifasini bajarishda davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, Joriy yilning 10 yanvar kuni Qozog‘istonda parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Qozog‘istonning Birinchi Prezideni Nursulton Nazarboyev rahbarlik qiladigan “Nur-Otan” partiyasi g‘alaba qozondi.

Avvalroq, Nursulton Nazarboyev mamlakatning yangi Hukumati haqida fikr bildirib, Asqar Mamin Bosh vazir bo‘lib qolishini xohlayotganini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Qosim-Jomart To'qaev

Baholaganlar

482

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing