O‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini 22 ta medal bilan yakunladi

Sport

−

image

Qozog‘istonning Olmaota shahri mezbonlik qilgan 18 yoshgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. Turnirda o‘zbekistonlik yosh charm qo‘lqop ustalari 22 ta medal qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston vakillari jami 7 ta oltin, 3 ta kumush va 12 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida 2-o‘rinni band etdi. 1-o‘rinni mezbon Qozog‘iston, 3-o‘rinni esa hindistonlik bokschilar qo‘lga kiritdi.

O‘zbekistonlik g‘olib va sovrindorlar ro‘yxati:

Oltin:

-54 kg Sobirjon Tastanov; 

-57 kg Nodirbek Allaberganov;

-86 kg Akmaljon Isroilov;

-92 kg Halimjon Mamasoliyev;

-48 kg Jasmin Tohirova;

-63 kg Odinaxon Ismoilova ;

+81 kg Sobiraxon Shahobiddinova.

Kumush:

-67 kg Muhammadazizbek Ismoilov;

+92 kg Shahzod Polvonov;

-57 kg  Feruza Sharipova. 

Bronza:

-60 kg Mironshoh Norqosimov;

-63,5 kg Abdulloh Tohirov;

-71 kg Samandar Xabibullayev;

-80 kg Javohir Mehriddinov;

-50 kg Hilolaxon Mashrabova;

-52 kg Zilolaxon Yusufova;

-54 kg Uzukjamol Yunusova;

-60 kg Rahima Bekniyazova;

-66 kg Ruxshona Shakarova;

-70 kg Oysha Toirova;

-75 kg Sanobar Bozorboyeva;

-81 kg Ruhshona Parpiyeva.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing