To‘qayev qancha vaqt Prezident bo‘lishini aytdi
Olam
−
30 yanvar 2022
18016Qosim-Jomart To‘qayev ikki muddatdan ortiq Qozog‘iston Prezidenti bo‘lishni rejalashtirmayapti. Bu haqda u “Xabar 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qancha vaqt Qozog‘iston Prezidenti bo‘laman, bilmayman. Ammo bir narsani aniq bilamanki, ikki muddatdan ortiq Prezident bo‘lmayman. Prezident kursisida qolish uchun qonunlarni qayta yozmayman, Konstitutsiyani-ku aytmasa ham bo‘ladi.”, degan To‘qayev.
To‘qayev, shuningdek, olmaotaliklarni tartibsizliklardan so‘ng shahar meri Bakitjan Sagintayevning iste’foga chiqishi haqidagi talablariga izoh berdi.
“Hokimga kelsak, u haqiqatan ham hayotida birinchi marta o‘ta og‘ir ahvolga tushib qoldi. Axir hamma ham shunday vaziyatda, shunday muhitda yechim topavermaydi. Shuning uchun men uni ortiqcha ayblamayman. U o‘z vazifalarini vijdonan bajaradi. Ammo olmaotaliklarning kayfiyatini ham hisobga olishim kerak. Shunday qilib, vaqt keladi va bilib oladi”, degan To‘qayev.
Ma’lumot uchun, To‘qayev davlat telekanaliga bergan intervyusida tartibsizliklar vaqtida Olma-ota aeroporti nega egallanganini ham aytgan. Shuningdek, u Birinchi Prezident Nursulton Nazarboyev bilan vakolatlar uchun savdolashgani haqidagi gap-so‘zlarga munosabat bildirgan.
LiveBarchasi