To‘qayev Iqtisodiyot vazirini almashtirdi
Olam
−
14:48
1077Avvalroq, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Bosh vazir o‘rinbosari – Milliy iqtisodiyot vaziri lavozimida ishlab kelgan Nurlan Baybazarovni lavozimidan ozod qilgani xabar qilingandi. Uning o‘rniga Serik Jumangarinni tayinladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident farmoniga binoan, Jumangarin ilgari egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Qayd etilishicha, u avval ham Bosh vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan, biroq bir vaqtning o‘zida Milliy iqtisodiyot vazirligini boshqarmagan. Qozog‘iston parlamentining quyi palatasi – Majlisning iqtisodiy islohotlar va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasi yig‘ilishida Jumangarin nomzodi ushbu lavozimga ma’qullangan.
Nurlan Baybazarovning esa nima sababdan ishdan olingani va endilikda qandaydir lavozimga tayinlanishi hozircha ma’lum emas.