To‘qayev Erdo‘g‘an va rafiqasiga tezroq tuzalib ketishini tiladi

Olam

image

Avvalroq, Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasi Emina Erdo‘g‘anda koronavirusning “omicron” shtammi aniqlangani haqida xabar bergan edik. 

Qozog‘izton Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘zining turkiyalik hamkasbi hamda uning rafiqasiga tezroq tuzalib ketishini tiladi. Bu haqda, u o‘zining Twitter’ida post qoldirdi. 

“Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va uning rafiqasiga koronavirusning "omicron" shtammidan tezroq tuzalib ketishini tilayman”, deb yozdi To‘qayev.

Ayni vaqtda Prezident Erdo‘g‘an va mamlakat Birinchi xonimida kasallik yengil kechmoqda. Bu haqda davlat rahbari bugun, 6 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar bergan.

“Bugun tongda shifokorimiz tekshiruvlarni o‘tkazdi. Shukrki, salbiy holat yo‘q. Kasallik yengil o‘tmoqda. Emina xonim bilan ishimizni uydan davom ettiryapmiz”, degan Rajab Toyib Erdo‘g‘an.   

Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an rafiqasi Emina Erdo‘g‘an bilan joriy yilning 3-4 fevral kunlari Ukraina Respublikasiga tashrifni amalga oshirgan edi. Prezident Turkiyaga qaytgach, unda koronavirus aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing