To‘qayev chegara yaqinidagi etnik mojaroga munosabat bildirdi
Jamiyat
−
08 fevral 2020 10304 1 daqiqa
Avvalroq, Qozog‘istonning Qirg‘iziston bilan chegaraga yaqin hududida etnik mojaro yuz bergani haqida xabar bergan edik. Mazkur voqeaga Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev o‘z munosabatini bildirdi.
“Jambil viloyatining Korday tumanida bezorilik niyatida bo‘lgan guruhlar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Fitnachilar bundan foydalanmoqchi bo‘lishdi. Politsiya vaziyatni barqarorlashtirib, nazorat ostiga oldi. Jamoat tartibini buzishda aybdor bo‘lgan shaxslar javobgarlikka tortiladi”, degan To‘qayev Twitter’dagi sahifasida.
Mojaro sababli Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasida joylashtirilgan qirg‘iz chegarachilari xizmat o‘tashning kuchaytirilgan rejimiga o‘tkazildi. Bu haqda Qirg‘iziston Davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi
Live
BarchasiIspaniya migrantlarni Seutani tark etishga majbur qilish uchun ularni suv va o‘tsiz qoldirmoqda
17:40
Toshkentdagi o‘pirilib tushgan yo‘l o‘tkazgich qurilishida 7,4 mlrd so‘m yeb yuborilgani ayon bo‘ldi
17:28