To‘qayev Buyuk Britaniya elchixonasiga borib, hamdardlik qaydini qoldirdi

Olam

image

Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev bugun, 9 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning Qozog‘istondagi elchixonasiga borib, Qirolicha Yelizaveta II ning vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, davlat rahbari hamdardlik kitobiga qayd qoldirgan. 

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II kecha, 8 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi.

Qirolichaning 4 nafar farzandi, 8 nafar nabirasi va 12 nafar evarasi bor edi.

Yelizaveta II 1926 yil 21 aprel kuni tug‘ilgan. U 1953 yilda taxtga o‘tirgan va tojni eng ko‘p vaqt o‘zida saqlab turgan monarx sifatida tarixda qoldi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Elizaveta II

Baholaganlar

42

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing