To‘qayev 12 iyunni milliy motam kuni deb e’lon qildi
Olam
−
12 iyun 2023
17879Qozog‘istonda 12 iyun Abay viloyatida (mamlakat sharqidagi) o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar uchun milliy motam kuni deb e’lon qilindi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev halok bo‘lgan o‘rmon xo‘jaligi xodimlarining oila a’zolari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
"Bu dushanbani (12 iyun) umumxalq motam kuni deb e’lon qilaman. Siz bilan birga halok bo‘lganlarning ismlarini eslaymiz, ular haqida qayg‘uramiz", deydi To‘qayev.
Ma’lumot uchun, Qozog‘iston sharqidagi Abay viloyatida tabiiy yong‘in avj olgandi. Yong‘inni o‘chirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasi, mahalliy ijro hokimiyati organlari va Mudofaa vazirligidan 800 ga yaqin kishi, qariyb 200 ga yaqin texnika, bundan tashqari to‘qqizta vertolyot jalb qilindi.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Abay viloyatidagi o‘rmon yong‘inida halok bo‘lganlar soni 14 kishiga yetgandi.