To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi MCHJga aylantirildi

Jamiyat

image

“To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali 100 million AQSH dollariga teng “O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi” MCHJ shaklidagi investitsiya kompaniyasi sifatida qayta tashkil qilindi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.

Investitsiya kompaniyasining ustav kapitali 1 milliard AQSH dollariga yetkaziladi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Investitsiya kompaniyasining Kuzatuv kengashi raisi hisoblanadi.

Investitsiya kompaniyasi investitsiyalarni quyidagi usullar bilan jalb qiladi:

•    kredit (qarz) olish va Investitsiya kompaniyasining ustav kapitaliga investorlarning pul mablag‘larini jalb qilish;

•    yuridik shaxslarni tashkil etish yoki ularning ustav fondlarida (ustav kapitalida), shu jumladan mol-mulk sotib olish yo‘li bilan ishtirok etish;

•    yirik institutsional va strategik investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish, shu jumladan nufuzli xalqaro moliya markazlarining yurisdiksiyalaridan foydalanish.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing