“To‘g‘on bilan bog‘liq muammo yo‘q”. To‘palang suv omboridan suv chiqishi sababi aytildi
Jamiyat
−
22 iyun 2022
10037Surxondaryo viloyatidagi To‘palang suv ombori to‘g‘oni suv qo‘yib yuborgani va atrofni suv bosgani haqidagi xabarlarga “O‘zbekgidroenergo” AJ munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, hozir To‘palang suv ombori qoshida barpo etilgan To‘palang GESda 2-komponent modernizatsiya loyihasi amalga oshirilayotgani munosabati bilan bosimli quvurda sinov ishlari o‘tkazilgan vaqtda bosim quvuri to‘sini orqali 40 m3 suv chiqqan.
“To‘g‘on bilan bog‘liq muammo mavjud emas. Xavotirga o‘rin yo‘q! Ayni paytda ushbu nosozlik to‘liq bartaraf etildi. 40 m3 suv to‘liqligicha kanalga yo‘naltirildi”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, FVV suv omboridan suv toshib chiqqanini, gidroinshoot mustahkamligiga zarar yetmaganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi