Tugatilgan qo‘mita qaytadan tuzildi. Zulayho Mahkamova unga rahbarlik qiladi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 1 mart kuni 2020 yilda  O‘zbekistonda rasman faoliyati tugatilagan Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi qaytadan tuzildi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishida ma’lum qilindi. 

Ta’kidlanishicha, Bosh vazir o‘rinbosari — Xotin-qizlar va oila ishlari qo‘mitasi rahbarligiga Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi Zulayho Mahkamova nomzodi ma’qullangan.

Ma’lumot uchun, Zulayho Mahkamova 1968 yili Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. Namangan davlat pedagogika instituti hamda Prezident huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

U 2018 yil aprelida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. 2020 yil 4 martida esa To‘raqo‘rg‘on tumani hokimi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2020 yil fevral oyida Xotin-qizlar qo‘mitasini tugatish haqida qaror qabul qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

426

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing