Szinpin Hindistondagi G20 sammitini o‘tkazib yuborishi mumkin
Olam
−
31 avgust 2023 7404 1 daqiqa
Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Hindistondagi G20 sammitiga bormaydi va o‘rniga Bosh vazir Li Syanni yuboradi. Bu haqda Hindiston va Xitoydagi vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib, “Reuters” xabar berdi.
Hindistonning ikki rasmiysi, bir nafar Xitoydan kelgan diplomat, G20 mamlakati hukumatida ishlovchi yana bir amaldor joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda Bosh vazir Li Syan Pekin vakili bo‘lishi kutilayotganini aytgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Hindistondagi sammit Si Szinpin va allaqachon ishtirokini tasdiqlagan AQSH Prezidenti Jo Bayden uchun uchrashuv joyi sifatida ko‘rilgan. Tadbir davomida ikki davlat rahbarlari qator savdo va geosiyosiy qarama-qarshiliklar tufayli buzilgan munosabatlarni barqarorlashtirishga harakat qilishi kutilayotgan edi. Chunki o‘tgan yilning noyabrida ham Si Szinpin va Bayden G20 sammiti doirasida uchrashgandi.
Qayd etish joizki, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Nyu-Dehliga bormasligini va uning o‘rniga Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni yuborishini allaqachon ma’lum qilgan. Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an esa G20 sammitida qatnashishi aytilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025