SSKAning yangi sxemasi Fayzullayevga noqulaymi?
Sport
−
13 mart
1410SSKA yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev jamoasining Rossiya kubogi nimchorak finali birinchi uchrashuvida Moskva “Dinamo”siga (2:1) qarshi o‘yindagi g‘alabasidan so‘ng, Marko Nikolichning yangi sxemasiga moslashayotganini aytdi.
“To‘g‘ri, avvalgi sxemada menga qulayroq edi – men eski sxemada ko‘proq o‘ynadim va markazga o‘tib, raqibga xavf tug‘dirardim. Ammo murabbiy meni boshqacharoq uslubda sinab ko‘rishga qaror qildi. Ko‘nikish uchun biroz vaqt kerak bo‘ldi. Men endi ko‘proq orqaga qaytyapman va himoyachilarga yordam beryapman”, deydi Fayzullayev.
RPLning joriy mavsumida 21 yoshli Fayzullayev SSKA safida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi. “Armiyachilar” va “oq-ko‘klar” o‘rtasidagi javob derbisi 16 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshida Abbosbek Fayzullayevni Germaniyaning “Bavariya” klubi hamon o‘z safiga qo‘shib olish niyatida ekanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi