Sement va paxta yog‘ini birjada sotish muddati uzaytirildi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda sement, paxta yog‘i va chigitni birja orqali sotish muddati uzaytirildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezidentinng 14 dekabr kuni qabul qilingan qarori bilan monopolist bo‘lmagan va davlat ulushi 50 foizdan kam bo‘lgan yoki davlat ulushi bo‘lmagan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan quyidagi tovarlarni faqat birja orqali realizatsiya qilish muddati 2023 yil 1 yanvargacha uzaytirildi:

  • sement – ishlab chiqarish hajmining kamida 50 foizi;
  • paxtadan olingan chigit, paxta moyi (jumladan, ekstraksiya paxta moyi) va qayta ishlangan chigit chiqindilari (shrot, sheluxa) – ishlab chiqarish hajmining 100 foizi.

Ma’lumot uchun, “Yuqori likvidli va monopol tovarlarni sotish jarayonlariga bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga ko‘ra, joriy yilning 15 iyunidan qator tovarlar ichki bozorda faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilinishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

96

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing