Trillionlarni yeb yuborgani aytilgan “O‘ztransgaz” mansabdorlariga jinoyat ishi ochildimi? BP javob berdi 

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda "O‘ztransgaz" AJ mansabdorlari 4 trillion 904,7 mlrd so‘mni rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilingani va 7,4 mlrd so‘m mablag‘ ortiqcha mukofot pullari sifatida to‘lab berilib, o‘zlashtirilishi ortidan davlat va jamiyat manfaatlariga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgani haqida xabarlar tarqaldi va ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Shu kabi xabarlar tarqalishni boshlagach, "O‘ztransgaz" AJ Axborot xizmati munosabat bildirib, mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi ochilganidan xabari yo‘q va hozirda ham hech bir mansabdor shaxs biror jinoiy ish doirasida tergov jarayoniga jalb qilinmaganini ma’lum qildi. 

Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay ijtimoiy tarmoqlarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti tomonidan “O‘ztransgaz” aksiyadorlik jamiyati mansabdor shaxslariga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi qarori nusxasi tarqaldi. Buning ortidan Bosh prokuratura Matbuot xizmati mazkur xabarlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur jinoyat ishi Bosh prokuratura tomonidan nazorat tartibida o‘rganilganida, tergovga qadar tekshiruv harakatlari to‘laqonli o‘tkazilmasdan qaror barvaqt qabul qilinganligi aniqlangan.

Shu sababli, jinoyat ishi qo‘zg‘atish haqidagi qaror 16 may kuni bekor qilinib, qo‘shimcha ravishda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borishlik uchun yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

941

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing