Trass birinchilardan bo‘lib Zelenskiyga sim qoqib, unga va’da berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Liz Trass Buyuk Britaniya Bosh vaziri bo‘lgan vaqtida gaplashgan birinchi xorijiy davlat rahbari bo‘ldi.

“Bu Ukraina uchun katta sharaf”, deydi Zelenskiy kechki nutqida.

Trass Zelenskiyga uni “to‘liq qo‘llab-quvvatlashi”ni va Ukraina uzoq muddatda Britaniyaning yordamiga ishonishi mumkinligini tasdiqlagan, deyiladi Britaniya hukumati bayonotida. Trass xonim Ukrainaga tashrif buyurish taklifini ham qabul qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabr kuni Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass hukmron Konservativ partiya yetakchiligi uchun kurashda g‘olib chiqdi. 

47 yoshli Trass nomzodi uchun Konservativ partiyaning 81 326 nafar oddiy a’zosi ovoz berdi. Uning raqibi, 42 yoshli sobiq Moliya vaziri Rishi Sunak 60 399 nafar ovoz oldi. Liz Trass 6 sentyabr kuni Buyuk Britaniyaning yangi Bosh vaziri bo‘ldi, u avvalroq hukmron Konservativ partiyada yetakchilik uchun kurashda g‘alaba qozongan edi.

Trass Buyuk Britaniyaning 56-Bosh vaziri (yoki bu lavozimni bir necha marta egallaganlarni hisobga olgan holda 78-hukumat rahbari) va qirolicha Yelizaveta II davridagi 15-Bosh vazirga aylandi. U, shuningdek, Margaret Tetcher (1979 yildan 1990 yilgacha Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik qilgan) va Tereza Meydan (2016 yildan 2019 yilgacha) keyin Vazirlar Mahkamasini boshqargan uchinchi ayolga aylanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

164

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing