Transport vositalarini mast holda boshqargan shaxs endi katta miqdorda jarima to‘laydi
Jamiyat
−
25 mart 2019
23079Haydovchilarning transport vositalarini alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast holda boshqarishi transport vositasini boshqarish huquqidan bir yilu olti oydan uch yilgacha muddatga mahrum qilishga olib keladi. Bundan tashqari, huquqbuzarga nisbatan eng kam ish haqining yigirma besh baravari (5 mln 68 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etiladigan bo‘lsa, unda eng kam ish haqining qirq baravari (8 mln 109 ming so‘m) miqdorida jarima solishga yoki o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Alkogolli ichimlikdan, giyovand modda ta’siridan yoki o‘zgacha tarzda mast shaxsga transport vositasini boshqarishni topshirgan kishi transport vositasini boshqarish huquqidan ikki yildan uch yilgacha muddatga mahrum qilinib, unga nisbatan eng kam ish haqining yigirma besh baravari (5 mln 68 ming so‘m) miqdorida jarima solinishiga olib keladi.
LiveBarchasi