Transport va logistika rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazida tayinlovlar
Jamiyat
−
16 aprel 2019
7804O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistika rivojlantirish muammolarini o‘rganish markaziga direktor va direktor o‘rinbosari tayinlandi.
Abidov Murodjon Baxtiyorovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistika rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktori lavozimiga tayinlandi. U avval Toshkent shahar yo‘l va transport infratuzilmasini rivojlantirish va transport boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan
Himmatov Feruz Abdisalomovich – O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport va logistika rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i v.b. bo‘lib ishlab kelgan.
Qayd etish joizki, mazkur markazning asosiy vazifalari etib quydagilar belgilangan:
• transport va logistika tizimini rivojlantirish muammolarini o‘rganish, yurtimiz transport salohiyatini yuksaltirish va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
• xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash, yo‘lovchi va yuk tashish transporti oqimlarini maqbullashtirish, xalqaro va mintaqaviy tranzitni rivojlantirish;
• transport va yo‘l xo‘jaligi sohasida xavfsizlikni oshirish bo‘yicha innovatsion texnologiyalar va intellektual transport tizimlarini joriy etish;
• atrof- muhitga zararli ta’sirini kamaytirish, resurslarni tejash va transportda ekologiyani yaxshilash bo‘yicha muammolarni o‘rganish va takliflartayyorlash;
• tizimli ravishda ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, trnasport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish bo‘yicha boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilish kabi vazifalarni bajaradi.