Trampning “tarafdori” bo‘lgan qayiqlar cho‘kib ketdi

Olam

image

5 sentyabr kuni AQSH Prezidenti Donald Trampni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Texas shtatining Trevis ko‘lida o‘tkazilgan qayiq paradida bir nechta qayiqlar cho‘kib ketdi. Bu haqda "Fox News" ma’lum qildi. 

Hodisa parad o‘tkazilayotgan paytda yuz bergan. Uning sabablari hali tushuntirilmagan. Holat oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. 

Paradda yuztaga yaqin qayiq qatnashdi. Amaldagi Prezidentni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkaziladigan shu kabi tadbirlar mamlakatning boshqa hududlarida, jumladan Florida, Kaliforniya va Nyu-Jersida ham o‘tkazilgan. 

Eslatib o‘tamiz, AQSHning amaldagi Prezidenti Donald Tramp agar uning raqibi Prezident etib saylansa, Amerikada “inqilob” yuz berishini ta’kidlagandi. 

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Tramp

Baholaganlar

125

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing