Trampning reytingi pandemiya davrida eng yuqori darajaga ko‘tarildi
Olam
−
10 aprel 2020 9726 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Donald Trampning reytingi koronavirus pandemiyasi fonida rekord darajaga yetdi. Uning pandemiya vaqti hukumatdagi harakati ijobiy baholanmoqda.
Reyting so‘rovi o‘tkazilishi paytida uning tarafdorlari soni oshgan. Bu esa keyingi saylovlarda unga yanayam qo‘l kelishi mumkin. Trampning Prezident sifatida ishlashi so‘rov qatnashchilarining 49 foizi tomonidan ma’qullangan. Amaldagi rahbarga respondentlarning 49 foizi qarshi chiqqan. Yana 2 foizi javob berishdan bosh tortgan.
Qayd etilishicha, ilgari Trampning reytingi 48 foizdan oshmagan. "Fox News" nashrining yozishicha, Amerika rahbarining tobora ommalashib borayotganligining sababi koronavirus infeksiyasining tarqalishi bilan bog‘liq.
Hozirda AQSHda koronavirusdan kasallanishning dunyodagi eng ko‘p holati qayt etilgan. Mamlakatda hozirgacha 465 750 nafar odamda ushbu kasallik aniqlangan. Ularning 25 960 nafari sog‘aygan, 16 684 nafari esa vafot etgan.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust