Trampning maslahatchisi O‘zbekistondagi islohotlarni olqishladi
Jamiyat
−
18 iyul 2019
2596Kecha, 17 iyul kuni Vashington shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSH Prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jon Robert Bolton bilan uchrashdi. Bu haqda TIV Matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston – AQSH munosabatlarining holati va ularni yanada rivojlantirishning istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Ikki davlat rahbarlari tomonidan 2018 yil may oyida qabul qilingan “O‘zbekiston va AQSH: strategik sheriklik yangi davrining boshlanishi” nomli Qo‘shma siyosiy bayonot, Prezident Shavkat Mirziyoyevning AQSHga rasmiy tashrifi va Prezident Donald Tramp bilan muzokaralar doirasida erishilgan boshqa kelishuvlarni amalga oshirishni davom ettirishga o‘zaro qiziqish mavjudligi e’tirof etildi.
Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikka oid masalalar muhokamasi chog‘ida AQSH tomoni afgonlararo tinchlik muloqoti mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish, Afg‘onistonni ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklash, ushbu mamlakatni Markaziy Osiyodagi ko‘p qirrali mintaqaviy aloqalarga jalb etishdagi O‘zbekistonning muhim rolini qayd etdi.
Tomonlar hamkorlikning yangi sohalarini belgilash maqsadida turli darajadagi muntazam aloqalarlarni davom ettirishga kelishdilar.
Muzokaralar yakuniga ko‘ra, Jon Bolton o‘zining Twitter`dagi sahifasida quyidagicha tvit qoldirdi: “O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bilan juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdim. Biz tomonlarni qiziqtirgan ko‘plab masalalarni hamda sherikchiligimizni ilgari surishning eng yaxshi choralarini muhokama qildik. Biz O‘zbekistondagi islohotlarni va ularni butun Markaziy Osiyo mintaqasiga ijobiy ta’sirini olqishlaymiz. AQSH-O‘zbekiston hamkorligining chuqurlashishini sabirzislik bilan kutmoqdamiz”.
LiveBarchasi