Trampning Instagram va Facebook’dagi akkauntlari qayta tiklanadi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampning Facebook va Instagram’dagi akkauntlari ikki yillik bloklanishdan so‘ng qayta tiklanadigan bo‘ldi. Bu haqda kecha, 25 yanvar kuni Meta Tashkilotining Global masalalar bo‘yicha prezidenti Nik Klegg o‘z blogida ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, 2021 yilning 6 yanvarida Kapitoliyga tahdidlar sabab bloklangan Tramp akkauntlari yaqin haftalar ichida tahdidlarning kamayishi ortidan qayta tiklanadi.

“Jamoat xavfsizligi uchun xavf yetarli darajada kamaydi. Shunday qilib, biz yaqin haftalarda janob Trampning Facebook va Instagram akkauntlarini qayta tiklaymiz. Biroq biz buni takroriy huquqbuzarliklarning oldini olish uchun yangi to‘siqlar bilan amalga oshiramiz”, deb yozadi Nik Klegg blogda.

Ta’kidlash joizki, o‘zining Facebook va Instagram akkauntlari qayta faollashtirilgani bilan Tramp Oq uy uchun bo‘ladigan uchinchi kurashida o‘z taklifini ilgari surish uchun kuchli aloqa va mablag‘ yig‘ish platformalariga kirish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Trampning Twitter'dagi akkaunti ham tiklangan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing