Ilon Mask Trampning Twitter'dagi akkauntini tiklamoqchi

Olam

image

Kecha, 18 noyabr kuni Twitter kompaniyasining bosh ijrochi direktori Ilon Mask o‘zining shaxsiy sahifasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Mask foydalanuvchilarga sobiq Prezident Donald Trampning Twitter'dagi hisobini qayta tiklash kerakmi yoki yo‘q degan savol bilan murojaat qilgan.

Mask o‘z murojaatida lotin tilidagi “ Vox Populi, Vox Dei” iborasini qo‘shimcha qilgan. Bu “xalq ovozi – Xudoning ovozi” degan ma’noni anglatadi. 
So‘rovnomada ishtirok etganlarning taxminan 60 foizi Trampning akkauntini qayta tiklash kerakligini bildirgan. So‘rovnoma 24 soat davom etgan.

Trampning sahifasi uning tarafdorlari 2021 yilning may oyida Kapitoliyga qilgan hujumi ortidan bloklangan edi. Endilikda Mask sobiq Prezidentning akkauntiga qo‘yilgan cheklov bekor etilishini ma’lum qildi.

18 noyabr kunining tongida dunyoning eng boy odami Twitter'ning bahslarga sabab bo‘lgan foydalanuvchilarning hisoblari qayta tiklanganini bildirdi. Biroq ijtimoiy tarmoqda munozarali chiqishlari bilan tanilgan Trampning sahifasi haqida yakuniy qaror chiqarilmaganini aytgan edi. Ammo obunachilarning fikrini o‘rganib, Trampning sahifasi tiklanadi, degan qarorga keldi.

Maskning Twitter'ga kimlarning qaytishi kerakligi to‘g‘risida foydalanuvchilardan maslahat olishi kompaniyada qayta qurish boshlanganini bildiradi. Bu tadbirkorning direktorlar va xodimlarning katta qismini nima uchun ishdan olayotgani ham izohlaydi.

Avvalroq 7 nafar demokrat senator Maskga qarshi Federal savdo komissiyasiga xat yozgandi. Shuningdek, Twitter'da ishdan bo‘shashning yangi to‘lqini boshlangani ham ma’lum bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

53

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing