Trampning impichmenti: Respublikachilar Prezidentning himoyasiga otlandi
Olam
−
03 dekabr 2019
3327AQSH Prezident Donald Trampning impichmenti bo‘yicha navbatdagi eshituv oldidan Respublikachilar partiyasi deputatlari uni oqlovchi hisobot tayyorladi. Unda Trampga qo‘yilayotgan asosiy ayblovlarga raddiyalar keltirilgan. Bu haqda “The Hill” xabar berdi.
Partiya ma’ruzasida AQSH Prezidenti Ukraina Prezidenti bilan uchrashuv va yaxshilab o‘rganmasdan rasmiy Kiyevga qurol yetkazib berish masalasida shubhaga borib to‘g‘ri qilgani ta’kidlangan. Trampning Vladimir Zelenskiy bilan telefon orqali suhbati yuzasidan tekshiruv ikki o‘rtada hech qanday kelishuv, korrupsiyaga oid jinoyat haqida gap bo‘lmaganini ko‘rsatgan.
Bundan tashqari, respublikachilar Tramp AQSHning sobiq vitse-prezidenti Jozef Bayden oilasiga nisbatan jinoyat ishi ochilishidan siyosiy manfaat chiqarishga uringanini ham rad qilgan. Hujjatda Oq uy xo‘jayini Kongressning Vakillar palatasi olib borayotgan impichment bo‘yicha surishtiruv jarayonida guvohlarning ko‘rsatma berishiga halal bergani ham inkor qilingan.
Prezidentning partiyadoshlari demokratlar Trampning impichmentiga tayyorgarlikni u saylanishi bilan boshlaganini iddao qilgan.
LiveBarchasi